21.06.2026
67
TASODIFIY INDEKSLI YIG‘INDINING MOMENT XOSSALARI HAQIDA

Muallif: Dushatov, N.T.

Annotatsiya: Ushbu ishda tasodifiy indeksli yig‘indining matematik kutilmasi va dispersiyasi uchun analitik formulalar keltirib chiqarilgan. Qo‘shiluvchilar mustaqil va bir xil taqsimlangan tasodifiy miqdorlardan iborat bo‘lganda, shartli matematik kutilma va to‘liq dispersiya formulasi yordamida asosiy moment xarakteristikalari olingan. Shuningdek, Puasson indeksli xususiy hol tahlil qilinib, dispersiyaning soddalashtirilgan ifodasi hosil qilingan. Olingan natijalar sug‘urta matematikasi, navbatlar nazariyasi va statistik modellashtirish masalalarida qo‘llanilishi mumkin.

Kalit so'zlar: tasodifiy yig‘indi, tasodifiy indeks, matematik kutilma, dispersiya, shartli matematik kutilma, to‘liq dispersiya formulasi, Puasson taqsimoti, momentlar, ehtimollar nazariyasi, statistik modellashtirish.

Jurnaldagi sahifalar: 462 - 464

Yuklab olish