Muallif: Rahimov, Ashraf Rasul o‘g‘li; Murodullayev, Javoxir Raxmatillo o‘g‘li
Annotatsiya: Maqolada Qarshi magistral kanalining burilish uchastkasida suv oqimining kinematik tuzilmasi - tezlikning vertikal va ko‘ndalang taqsimoti hamda ikkilamchi (aylanma) oqim - hisoblangan va uning o‘zan deformatsiyasi bilan bog‘liqligi tahlil qilingan. Tubdagi urinma kuchlanish taqsimoti asosida qirg‘oq yemirilishi va cho‘kindi cho‘kishi zonalari ajratilgan. Natijalar grafiklar, ko‘ndalang kesim sxemasi va jadvallar ko‘rinishida keltirilgan. Tashqi qirg‘oqda tezlik va urinma kuchlanish ortishi, ichki qirg‘oqda esa cho‘kindi to‘planishi miqdoriy ko‘rsatkichlar bilan tasdiqlangan.
Kalit so'zlar: magistral kanal, kinematik tuzilma, tezlik epyurasi, ikkilamchi oqim, urinma kuchlanish, o‘zan deformatsiyasi, cho‘kindi, yemirilish, burilish uchastkasi.
Jurnaldagi sahifalar: 537 - 541