Muallif: Boboqulov, Fazliddin Xasan o‘g‘li
Annotatsiya: Ushbu maqola O‘zbekiston Respublikasida e-hukumat tizimi orqali davlat xizmatlarini samarali ko‘rsatish mexanizmlarini tadqiq etishga qaratilgan. Tadqiqot doirasida e-hukumatning asosiy funksiyalari, uning raqamli xizmatlar qamrovi, fuqarolar va biznes sub’ektlari uchun qulaylik yaratishdagi roli tahlil qilinadi. Maqolada xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishga to‘sqinlik qiluvchi omillar, jumladan, texnologik infratuzilma yetishmovchiligi, tizimlararo integratsiya muammolari, raqamli savodxonlik darajasining pastligi va kiberxavfsizlik masalalari ko‘rib chiqilgan.Tadqiqot natijalari e-hukumat tizimining samaradorligini oshirish va fuqarolarga qulay xizmatlar yaratishda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan strategik tavsiyalarni shakllantirishga yordam beradi. Maqola ilmiy jamoatchilik, davlat boshqaruvi organlari mutaxassislari, shuningdek, raqamli transformatsiya va elektron xizmatlar sohasidagi tadqiqotchilar uchun qimmatli manba hisoblanadi.
Kalit so'zlar: Raqamli xizmatlar, elektron hukumat, raqamli transformatsiya, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, raqamli infratuzilma, internet qamrovi, xizmatlar sifati, raqamli savodxonlik, innovatsion rivojlanish, davlat boshqaruvi.
Jurnaldagi sahifalar: 82 - 87