15.03.2022
374
Muxtorov, A. M. O. G. L., Turg‘Unbekov, A. M. O. G. L., & Maxmudov, A. A. (2022). AVTOMOBIL OLD OYNAKLARINI VAKUUMLASH JARAYONIDA VAKUUMLASH TEXNOLOGIYASINING AHAMIYATI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(3), 93-

Muallif: Muxtorov, Abdumajidxon Murodxon o‘g‘li; Turg‘unbekov, Axmadbek Maxmudjon o‘g‘li; Maxmudov, Abdulrasul Abdumajidovich

Annotatsiya: Hozirgi kunda O‘zbekiston mashinasozlik sanoatida ishlab chiqarish bozor talablari asosida tashkil etilmoqda. Mashinasozlikda shisha materiallaridan tayyorlangan buyumlar, shu jumladan, avtomobil oynalari ishlab chiqarishning ham o‘z o‘rniga ega. Oyna kristal jism bo‘lsa ham uning struktura tuzilishi turlicha bo‘lib, kristal panjaralar ko‘rinishi har xil va hajmi ham turlicha kattalikda, shuningdek og‘irligi ham turlicha bo‘ladi. Bundan tashqari oyna juda mo‘rt material bo‘lib, bir joyidagi nuqson sababli butun bir detal yaroqsiz holatga kelib qoladi. Kesib mexanik ishlov berish imkoni deyarli yo‘q. Shu xossalarini hisobga olgan holda har qanday zamonaviy va takomillashgan ishlab chiqarish sharoitida ham avtomobil oynalarini transportirovka qilish jarayonida ishlatiluvchi vakuum xalqalari tez yemirilib ishdan chiqadi va konstruksiyalarini tadqiq etish zarurati paydo boladi. Avtomobil oynalarini qayta ta’mirlash imkoni yo‘q bo‘lganligi sababli bozor iqtisodiyoti sharoitini hisobga olgan holda konstruksiyalarini tadqiq qilish va loyixasini ishlab chiqish, ishlash muddatini oshirish mashinasozlikda dolzarb masala hisoblanadi.

Kalit so'zlar: Silikon, vakuumli halqalar, laminatsiya, PVB, EVA, TPU

Yuklab olish