02.01.2022
414
“DEV” ATAMASI ETIMOLOGIYASI

Muallif: Abdulloyev, Shuxratjon Boboismoilovich

Annotatsiya: Maqolada O‘rta Osiyo qadimgi xalqlari e’tiqodida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan “dev” atamasi tarixiy-lingvistik materiallar asosida tahlil etilgan. “Dev” so‘zi tarixiy nuqtai nazardan qadimiyligi va nihoyatda keng hududda tarqalgani sababli turlicha talqinlarga ega. “Dev” atamasi asosan hindiyevropa tilli xalqlar mifologiyasida uchraydigan ilohiy obraz hisoblanadi. Atama odatda, “xudo”, “osmon”, “yorug‘lik”, “porlamoq”, “nur”, “ko‘rmoq”, “mehrubonlik” kabi ma’nolarni anglatgani ta’kidlanadi. “Dev” atamasi O‘rta Osiyo va unga tutash hududlarda “xudo” ma’nosidan “iblis” ma’nosiga o‘zgargan obraz ekanligi bilan ham e’tiborga loyiq. Maqolada “dev” haqidagi an’anaviy qarashlardan farqlanadigan g‘oyalar ilgari suriladi. Dev obrazining shakllanishi va evolyutsiyasining O‘rta Osiyo qadimgi xalqlari hayotidagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar bilan bog‘liqligiga urg‘u berilgan. Ushbu atamaning tadqiq etilishi O‘rta Osiyo xalqlarining diniy qarashlari tarixini o‘rganishda yangi xulosalarni taqdim etadi. Dev obrazini o‘rganish orqali O‘rta Osiyo xalqlari e’tiqodida ibtidoiy tabiat kultlariga sig‘inishdan ko‘pfunksiyali xudolar obrazining shakllanishini ko‘rish mumkin. Devlarning salbiy obrazga aylanishi Zaratushtra islohoti va uning izdoshlarining faoliyati bilan bog‘liq. Shunga qaramay, O‘rta Osiyo xalqlarining e’tiqodiy qarashlari va folklorida “dev” atamasi bilan bog‘liq ijobiy belgilar oz bo‘lsada saqlanib qolingan. Tadqiqotda dev obrazi zardushtiylik tarqalishidan avvalgi davrda O‘rta Osiyo xalqlari shakllangan xudolar bo‘lgani isbotlangan.

Kalit so'zlar: dev, dayeva, dayva, Avesta, ariysi, indoyevropeysi, indoiransi, zoroastrizm, bog, dyavol.

Yuklab olish