Muallif: Абдуллаева, Шоира Хамидовна
Annotatsiya: Maqolada zamonaviy ta’lim muhitida talabalar shaxsining shakllanishiga ta’sir etuvchi genderga xos ijtimoiy-psixologik xususiyatlar tahlil qilinadi. Gender sotsializatsiyasining o‘quv motivatsiyasi, o‘z-o‘zini baholash, psixoemotsional holat va shaxslararo munosabatlarga ta’siri yoritiladi. Gender stereotiplarining talabalarning xulq-atvori va akademik faolligiga ta’siri alohida ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotda xorijiy, rus va o‘zbek olimlarining, jumladan V. M. Karimova, G. B. Shoumarov, F. A. Akramova va boshqalarning ilmiy qarashlari tahlil qilinadi. Oliy ta’lim tizimida genderga sezgir yondashuvni joriy etish zarurligi asoslab beriladi.
Kalit so'zlar: gender, talabalar, ijtimoiy-psixologik xususiyatlar, gender sotsializatsiyasi, o‘quv motivatsiyasi, o‘z-o‘zini baholash, gender stereotiplari, oliy ta’lim.
Jurnaldagi sahifalar: 734 - 738