Muallif: Mustafayeva, Sarvinoz Suyunovna
Annotatsiya: Mazkur maqolada zamonaviy yoshlar maʼnaviy-axloqiy tarbiyasida til madaniyatining o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Til insonning tafakkuri, dunyoqarashi va ijtimoiy xulq-atvorini shakllantiruvchi muhim omil sifatida yoritiladi. Shuningdek, nutq madaniyati, muloqot etikasi hamda milliy qadriyatlarning til orqali yoshlar ongiga singdirilishi masalalari ko‘rib chiqiladi. Globallashuv sharoitida yoshlarning tilga munosabati va axborot makonidagi nutq madaniyatining o‘zgarishi ilmiy asosda tahlil etiladi.
Kalit so'zlar: til madaniyati, maʼnaviy tarbiya, axloqiy qadriyatlar, yoshlar tarbiyasi, nutq madaniyati, muloqot etikasi, milliy qadriyatlar, globallashuv
Jurnaldagi sahifalar: 88 - 103