10.05.2025
57
ZAMONAVIY YAPONIYADA YER, SUV VA TABIIY RESURSLAR BOSHQARUVI: AN'ANA VA INNOVATSIYA UYG‘UNLIGI

Muallif: G’ulomova, Mohichehra; Yuldosheva, Bibirajab

Annotatsiya: Ushbu maqolada zamonaviy Yaponiya iqtisodiy rivojlanishining asosiy omillari, xususan qishloq xo‘jaligi va sanoat tarmoqlari rivojida yer va suv resurslarining o‘rni o‘rganiladi. Yaponiyaning geografik holati, tabiiy resurslarining cheklanganligi va yer-suv manbalaridan samarali foydalanish strategiyalari tahlil etilgan. Qishloq xo‘jaligida sholi yetishtirishning ustunligi, yer resurslarining intensiv ishlatilishi, o‘rmon xo‘jaligi va dengiz resurslaridan foydalanish masalalari yoritilgan. Shuningdek, sanoatning, xususan metallurgiya, axborot texnologiyalari va energetika sohalarining rivojlanish jarayonlari, innovatsiyalar va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish tajribasi ko‘rib chiqilgan. Abenomika siyosati va uning iqtisodiy islohotlarga ta’siri ham tahlil qilingan. Tadqiqot davomida Yaponiya tajribasining yer va suv resurslarini oqilona boshqarishdagi o‘rni hamda iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashdagi ahamiyati alohida ta’kidlanadi.

Kalit so'zlar: Yaponiya, yer resurslari, suv resurslari, qishloq xo‘jaligi, sholi yetishtirish, o‘rmon xo‘jaligi, baliq ovlash, sanoat rivoji, Abenomika, iqtisodiy islohotlar, innovatsion texnologiyalar, energiya tejash, metallurgiya sanoati, yadro energetikasi, tabiiy ofatlar, Fukusima inqirozi.

Jurnaldagi sahifalar: 384 - 395

Yuklab olish