Muallif: Ochilov, Oybek
Annotatsiya: Ushbu maqolada zamonaviy sportda dopingga qarshi kurash siyosatining umumiy qoidalari, doping tushunchasi va uning zamonaviy turlari, antidoping siyosatining xalqaro-huquqiy asoslari, shuningdek, Butunjahon antidoping agentligi (WADA) hamda xalqaro sport tashkilotlarining bu boradagi faoliyati yoritilgan. Tadqiqotda dopingning sportdagi adolatli raqobatga, sportchilarning sog‘lig‘iga va sportning axloqiy tamoyillariga salbiy ta’siri tahlil qilingan. Shuningdek, farmakologik va biokimyoviy doping turlari, ularning xavfli oqibatlari, dopingga qarshi kurashishda qonunchilik, test va monitoring tizimlari, ta’lim-tarbiya choralari hamda xalqaro hamkorlikning o‘rni ochib berilgan. Maqola yakunida dopingga qarshi kurashda xalqaro va milliy faoliyat o‘rtasidagi uzviy integratsiya sportda halollik, sog‘lom raqobat va sportchi salomatligini ta’minlashning muhim omili ekanligi asoslangan.
Kalit so'zlar: doping, adolatli raqobat, sportchi kar’yerasi, halollik, ruxsat etilmagan usullar, jismoniy imkoniyat, farmakologik doping, biokimyoviy doping, anabolik steroidlar, eritropoetin, stimulantlar, glukokortikoidlar, qon transfuzionlari, doping testlari, global standartlar, antidoping qoidalari.
Jurnaldagi sahifalar: 623 - 631