07.05.2023
262
ZAMONAVIY DARSLIKLAR VA ULARNING OLDIGA QO‘YILGAN TALABLAR

Muallif: Xaydarova, Dilnoza Mamatqulovna

Annotatsiya: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi “Ta’lim - tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4884-sonli qarori ilovasining 4-bandiga ko‘ra “Maktabgacha, umumiy o‘rta, professional va oliy ta’lim o‘quv dasturlari va fanlarning uzluksizligini ta’minlash” vazifasi belgilangan.Qaror ijrosiga binoan adabiyot fani bo‘yicha O‘zbekston Respublikasi “Uzluksiz ta’lim dasturlari” majmuasi tasdiqlanib fanning kelgusidagi maqsad va vazifalari belgilandi. Avvalo shuni ta`kidlash joizki, adabiyot ta’limi o‘quvchilarni barkamol shaxs sifatida tarbiyalash, unda ezgu ma'naviy sifat va ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirishda alohida ahamiyat kasb etadi. Buning uchun maktab o‘quvchilarini milliy va jahon madaniyatining eng sara asarlari bilan tanishtirish orqali ularda badiiy asar qahramonlaridagi turli ma'naviy-axloqiy sifatlarlarga faol hamda asosli mantiqiy va hissiy munosabat uyg‘otish lozim bo‘ladi. Ushbu maqolada zamonaviy darsliklar va ularning oldiga qo‘yilgan talablar, bugungi kun adabiyot fani darsliklari qanday talablar asosida yaratilayotganligi haqida, bugungi kun adabiy ta'limining asoslari maqsad, vazifa hamda mazmuni haqida so‘z yuritiladi.

Kalit so'zlar: zamonaviy ta‘lim, adabiy ta’lim, badiiy adabiyot, ko‘nikma, shaxslik sifati, uzviylik, uzluksizlik, didaktik talablar, ilmiy-metodik talablar, pedagogik-psixologik talablar, estetik talablar, gigienik talablar.

Jurnaldagi sahifalar: 579 - 584

Yuklab olish