Muallif: Berdimurodova, Gulsevar Abdiqayum qizi
Annotatsiya: Ushbu maqolada badiiy adabiyotdagi yetim bolalar obrazi, ularning ruhiy olami hayot sinovlari qarshisidagi matonati tahlil etiladi. Hayot sinovlari ularni ruhan chiniqtiradi. Ular qiyinchiliklarga qaramay, mehr va yaxshilikka intilishadi. Bu esa asarning tarbiyaviy ahamiyatini yanada kuchaytiradi. Maqolada bosh qahramonlarning og‘ir ijtimoiy sharoitlarda ham insoniy qiyofasini saqlab qolishi, yomonlikka yaxshilik bilan javob qaytarishi kabi insoniy fazilatlar ochib berilgan. Muxtasar qilib aytganda, hayotiy qiyinchiliklar bilan ulg‘aygan bolalar ancha og‘ir mehnatga chiniqqan va ularning qalbida mehr-muhabbatga bo‘lgan ehtiyoj ancha kuchli ekanligi asoslab beriladi. Shuningdek, asarning yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishdagi va jamiyatda insonparvarlik tuyg‘ularini shakllantirishdagi tarbiyaviy ahamiyati chuqur tahlil qilingan.
Kalit so'zlar: Yetimlik, sabr, sog‘inch, iztirob, ona mehri, ko‘z yosh, umid, ishonch, azob, adolat, insoniy munosabat.
Jurnaldagi sahifalar: 442 - 445