Muallif: Qarshiyev, Yusuf Xo‘jamurodovich
Annotatsiya: Mazkur maqolada o‘zbek va ingliz tillarida yengil sanoatga oid paremiologik birliklarning lingvokulturologik va kommunikativ xususiyatlari tahlil qilinadi. Paremiologik birliklarning xalq estetik qarashlari, axloqiy qadriyatlari, kiyinish madaniyati va kasb-hunar tarbiyasidagi o‘rni ochib beriladi. Shuningdek, ularning adabiy nutq, ommaviy axborot vositalari va reklama sohalaridagi stilistik vazifasi yoritiladi. Ingliz tilidagi maqollar bilan qiyosiy tahlil orqali har ikki tilga xos madaniy, ijtimoiy va semantik tafovutlar ko‘rsatib beriladi. Natijada paremiologik birliklar milliy tafakkur, estetik ideallar va ijtimoiy signallarning mazmunli ifodasi sifatida baholanadi.
Kalit so'zlar: paremiologik birliklar, yengil sanoat, kiyim-kechak, lingvokulturologiya, estetik qadriyatlar, xalq donishmandligi, inglizcha maqollar
Jurnaldagi sahifalar: 314 - 318