15.05.2026
46
YAPON TILIDA RASMIY MULOQOTDA FE’LLARNING SEMANTIK VA FUNKSIONAL XUSUSIYATLARI

Muallif: Yusupova, Madinabonu Alisherjon qizi; Hamidova, Nargiza

Annotatsiya: Ushbu maqolada yapon tilida rasmiy muloqotda qo‘llaniladigan fe’llarning semantik va funksional xususiyatlari lingvistik hamda pragmatik nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida yapon tilidagi keigo (敬語) tizimining asosiy tarkibiy qismlari bo‘lgan sonkeigo (尊敬語), kenjougo (謙譲語) va teineigo (丁寧語) shakllari hamda ular orqali ifodalanadigan kommunikativ ma’nolar o‘rganiladi. Shuningdek, maqolada rasmiy fe’llarning ijtimoiy munosabatlarni ifodalashdagi o‘rni, suhbatdoshlar o‘rtasidagi mavqe farqini aks ettirishdagi funksiyasi va pragmatik xususiyatlari ilmiy manbalar asosida yoritiladi. Tadqiqotda rasmiy fe’llarning semantik o‘zgarishi, kommunikativ vaziyatga moslashuvi hamda yapon madaniyatidagi hurmat va muloyimlik konsepsiyalari bilan bog‘liqligi tahlil qilinadi. Bundan tashqari, yapon tilidagi rasmiy fe’llarning nutq jarayonida qo‘llanish mexanizmlari hamda ularning funksional vazifalari misollar asosida ko‘rib chiqiladi.

Kalit so'zlar: yapon tili, rasmiy muloqot, fe’llar, semantika, pragmatika, keigo, sonkeigo, kenjougo, teineigo, kommunikativ strategiya, hurmat kategoriyasi, lingvistik xususiyatlar.

Jurnaldagi sahifalar: 360 - 376

Yuklab olish