Muallif: Ruzmetova, Kamolabonu Shodlikbek qizi; Amirova, Yulduz Qodirjon qizi
Annotatsiya: Ushbu maqolada yapon madaniyatida kinoya (皮肉, hiniku) fenomeni lingvistik va pragmatik jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda kinoyaning asosiy turlari: voqeaviy kinoya (ストーリー的皮肉), vaziyatli kinoya (状況的皮肉) va nutqiy kinoya (皮肉発話) Yoshimura Akiko tomonidan taklif etilgan tasnif asosida ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, maqolada kinoyani izohlashga doir asosiy nazariy yondashuvlar, jumladan Grice ning kooperatsiya prinsipi, Utsumi ning implitsit ifoda nazariyasi, Sperber va Wilson ning “echo” nazariyasi hamda Clark va Gerrig ning “rol o‘ynash” (pretending) modeli tahlil qilinadi. Bundan tashqari, Ota Izumi tomonidan ilgari surilgan kommunikatsion nosamimiylik konsepsiyasi kinoya hodisasining pragmatik tabiatini yoritishda muhim nazariy asos sifatida ko‘rib chiqiladi. Maqolada yapon tilidagi kinoya hodisasi turli kontekstlarda qo‘llanilishi, uning lingvistik ifoda shakllari va kommunikativ mexanizmlari ilmiy manbalar asosida tahlil etiladi.
Kalit so'zlar: Kinoya, yapon madaniyati, pragmatika, bilvosita ifoda, nutqiy kinoya, vaziyatli kinoya, voqeaviy kinoya, kommunikativ nosamimiylik, pragmatik ma’no, kommunikativ strategiyalar
Jurnaldagi sahifalar: 20 - 28