14.05.2026
48
YANGI O‘ZBEKISTONDA IJTIMOIY HIMOYA SIYOSATINING INSON QADRI TAMOYILI BILAN UYG‘UNLIGI

Muallif: Buriyev, Bunyod Anvarovich

Annotatsiya: Mazkur maqolada Yangi O‘zbekistonda ijtimoiy himoya siyosatining inson qadri tamoyili bilan uyg‘unligi ijtimoiy-falsafiy nuqtayi nazardan tahlil qilinadi. Ijtimoiy himoya tizimi faqat moddiy yordam yoki nafaqa berish mexanizmi sifatida emas, balki inson sha’ni, ijtimoiy adolat, birdamlik, imkoniyatlar tengligi va jamiyat barqarorligini ta’minlovchi murakkab ijtimoiy institut sifatida talqin etiladi. Maqolada yangilangan konstitutsiyaviy asoslar, ijtimoiy davlat g‘oyasi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi faoliyati, mahalla darajasidagi manzilli yordam, raqamlashtirish va ijtimoiy xizmatlar samaradorligi masalalari yoritiladi. Muallif ijtimoiy himoya siyosatining asosiy falsafiy mazmuni insonni davlat siyosatining markaziga qo‘yish, ehtiyojmand qatlamlarni jamiyat hayotiga faol qo‘shish va ijtimoiy tenglikni amaliy qadriyatga aylantirishdan iborat ekanini asoslaydi.

Kalit so'zlar: ijtimoiy himoya, inson qadri, Yangi O‘zbekiston, ijtimoiy davlat, ijtimoiy adolat, birdamlik, mahalla, manzilli yordam, ijtimoiy xizmat, inson huquqlari.

Jurnaldagi sahifalar: 307 - 315

Yuklab olish