Muallif: Rustamova, Parizoda Bahrom qizi
Annotatsiya: Ushbu maqolada XI–XII asrlardagi Xurosonning ijtimoiy-tarixiy va falsafiy muhiti tahlil qilinadi. Mazkur davrdagi siyosiy jarayonlarning Xuroson taraqqiyotiga ta’siri ochib berilib, ularning Umar Xayyom ijodi va dunyoqarashida tutgan o‘rni o‘rganiladi. Shuningdek, mutafakkirning hayot yo‘li qisqacha yoritilib, uning ilmiy asarlari hamda ruboiylari haqida ma’lumot beriladi. Maqolada Xayyom she’riyati bilan o‘sha davr Xuroson jamiyatining ruhiyati o‘rtasidagi bog‘liqlik tahlil qilinadi, shoir ijodida borliq, haqiqat va inson masalalarining falsafiy ahamiyati ochib beriladi. Tarix shuni korsatadiki, Umar Xayyom ijodi oradan deyarli ming yil o‘tgan bo‘lsa-da, bugungi zamon falsafiy gumanizmida o‘ziga xos o‘ringa ega. Globallashuv va turli ziddiyatlar kuchayib borayotgan hozirgi davrda uning inson va hayot mazmuni haqidagi qarashlari nafaqat O‘zbekiston, balki butun insoniyat uchun ham dolzarb ahamiyat kasb etadi.
Kalit so'zlar: Xuroson, astranomiya, “Jaloliya”, haqiqat, inson baxti, ekzistensial dunyoqarash, may, jom, “sharq uyg’onish davri”,
Jurnaldagi sahifalar: 552 - 559