Muallif: Rasulov, Nuriddin Ergashaliyevich
Annotatsiya: Mazkur maqolada xom ashyobop o‘simliklarning biologik va kimyoviy tarkibiga qarab turlarga ajratilishi, ularning xalq xo‘jaligida, ayniqsa farmatsevtika, oziq-ovqat, to‘qimachilik va texnik sanoatda tutgan o‘rni yoritilgan. O‘simliklarda uchraydigan asosiy faol moddalar - shakar moddalar, o‘simlik moylari va taninlar asosida turli guruhlarga bo‘linishi ularning amaliy ahamiyatini belgilaydi. Shuningdek, kauchuk va smola beruvchi, dorivor, to‘qimachilik uchun ishlatiladigan va boshqa foydali xom ashyo manbai bo‘lgan o‘simliklar turlari haqida umumiy tasnifiy ma’lumotlar berilgan.
Kalit so'zlar: o‘simliklar, o‘simlik moyi, shakar moddalari, muhim dorivor o‘simliklar, muhim daraxtlar.
Jurnaldagi sahifalar: 715 - 720