04.02.2022
360
XIX ASR BIRINCHI VA IKKINCHI YARMIDA ANGLIYANING AFG'ONISTONGA YUBORGAN EKSPEDITSIYALARI

Muallif: Riskulov, Shoxjaxon Narmaxamatovich

Annotatsiya: Mazkur maqolada XIX asr birinchi yarmida inglizlarning Ost-Indiya kompaniyasi tomonidan Afg'oniston hududiga yuborilgan josuslari, elchilari va missiyalarining maqsadlari, ularning mintaqada amalga oshirgan geosiyosiy maqsadlardagi faoliyatlari, Afg'onistonning davlat tuzimi, boshqaruv shakli, qo'shni davlatlar bilan munosabatlari, Afg'onistonning topografiyasi, afg'on xalqining iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy ahvoli, ularning, urf-odatlari, an'analari, turmush tarzi, millatlar rang-barangligi, bu davrning o'ziga xos xususiyatlari, bayon qilinadi. Shuningdek XIX asrning o'ttizinchi yillari oxirida Britaniya mustamlakasi Afg'onistonga bostirib kirish uchun bo'lgan harbiy-siyosiy va diplomatik tayyorgarliklarni qay tariqa olib borgani, Ular mamlakatdagi har-bir yo'llarning batafsil chizmalarini, suv yo'llarini, xukumat amaldorlarini, har qanday manbalarni, hududlarning siyosiy-iqtisodiy sharoitlarini sinchkovlik bilan o'rganishgani yoritiladi. Mazkur maqola mohiyati shundan iboratki: Buyuk Britaniyaning maxfiy xizmat tarmoqlari uzoq yillarga borib taqalishi, ularning faoliyati tizimli va uzluksiz olib borilishi, bunda harqanday vositalardan foydalanishi yoritiladi. Maqola pravardida shu narsa yotardiki birinchi ingliz-afg'on urushiga (1838-42) inglizlar qay tariqa tayyorgarlik ko'rgani, Shuningdek Britaniya imperiyasi har-qanday hududni bosib olishdan oldin uzoq yillar ushbu jarayonga puxtalik bilan tayyorlanishi aks etadi.

Kalit so'zlar: Afg'oniston, afg'on xalqi, geosiyosiy, elchilar, ekspeditsiyalar josuslar – M.Elfinstoun, Uilyam Murkroft, A.Byorns, Charlz Messon, Robert Lich, Kobul, Hirot, Qunduz, Vaxan ko'li, Bomiyon darasi, Ost-Indiya kompaniyasi.

Yuklab olish