02.07.2026
13
XITOYNING AFG‘ONISTONDAGI XAVFSIZLIK MANFAATLARI: SHINJON OMILI VA TRANSMILLIY TAHDIDLAR

Muallif: Otamurodov, Mamurjon

Annotatsiya: Mazkur maqolada muallif Xitoy Xalq Respublikasining Afg‘onistondagi xavfsizlik manfaatlari Shinjon omili va transmilliy tahdidlar kontekstida tahlil qilgan. Tadqiqotda Afg‘onistonning Xitoy xavfsizlik strategiyasidagi o‘rni, ETIM/TIP kabi ekstremistik guruhlar faoliyati, Tolibon hokimiyatining xavfsizlik majburiyatlari, ISKP, Al-Qoida, TTP kabi transmilliy terroristik tarmoqlarning mintaqaviy barqarorlikka ta’siri ilmiy jihatdan yoritiladi. Maqolada Xitoyning Afg‘onistonga nisbatan siyosati ehtiyotkor pragmatizm, chegaraviy xavfsizlik, terrorizmga qarshi kurash va geoiqtisodiy manfaatlar uyg‘unligi asosida shakllanayotgani asoslab beriladi. Shuningdek, Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni barqarorligi Xitoyning afg‘on yo‘nalishidagi asosiy xavfsizlik determinantlaridan biri sifatida ko‘rib chiqiladi. Maqolada tarixiy-tahliliy, qiyosiy, kontent-tahlil, diskursiv tahlil va tizimli yondashuv metodlaridan foydalanilgan. Maqola natijalari Xitoyning Afg‘onistondagi manfaatlari ichki xavfsizlik, mintaqaviy barqarorlik, transport-kommunikatsiya loyihalari va “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusi xavfsizligi bilan uzviy bog‘liq ekanini ko‘rsatadi. Ushbu maqola Xitoy-Afg‘oniston munosabatlarini Markaziy Osiyo xavfsizlik muhiti bilan bog‘liq holda o‘rganish zarurligini asoslangan.

Kalit so'zlar: Xitoy, Afg‘oniston, Shinjon, xavfsizlik manfaatlari, ETIM, TIP, Tolibon, transmilliy tahdidlar, terrorizm, ekstremizm, ISKP, Al-Qoida, Markaziy Osiyo, geosiyosat, “Bir makon, bir yo‘l”.

Jurnaldagi sahifalar: 607 - 620

Yuklab olish