18.01.2026
20
XITOY VA MARKAZIY OSIYO DAVLATLARI SAVDO ALOQALARI

Muallif: Karimova, Xulkar Raxmanali qizi

Annotatsiya: Ushbu maqola Xitoy va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarning so‘nggi o‘ttiz yildagi rivojlanish bosqichlarini tahlil qiladi. Tadqiqot mustaqillikdan keyingi dastlabki aloqalar, Shanxay Hamkorlik Tashkiloti doirasidagi integratsiya va “Bir kamar, bir yo‘l” tashabbusi orqali amalga oshirilgan infratuzilmaviy kengayishni qamrab oladi. Xitoyning energetika, transport va logistika sohalariga kiritgan sarmoyalari mintaqaning savdo hajmini keskin oshirdi, biroq bu jarayon savdo nomutanosibligi, qarzga bog’liqlik va institutsional zaifliklarni ham kuchaytirdi. Maqola, shuningdek, ekologik va geosiyosiy xatarlarni yoritib, O‘zbekiston uchun shaffoflik, diversifikatsiya va barqaror rivojlanishga asoslangan siyosiy yondashuv zarurligini ta’kidlaydi.

Kalit so'zlar: Xitoy–Markaziy Osiyo savdosi, bbir kamar, bir yo‘l tashabbusi, infratuzilma investitsiyalari, savdo nomutanosibligi, bbarqaror rivojlanish.

Jurnaldagi sahifalar: 503 - 510

Yuklab olish