22.01.2024
153
XITOY TILIDA NATIJA TO‘LIQLOVCHILARINING SEMANTIK TAHLILI

Muallif: Tilovov, Ozod Zaironovich

Annotatsiya: Til o‘rganish nuqtai nazaridan, xitoy tilida 补语 (to‘liqlovchi)ni o‘rganish eng muhim masala hisoblanadi. Chunki xitoy tilini o‘rganiyotgan ko‘pchilik chet ellik talabalar uchun 补语 (to‘liqlovchi) bu – notanish gap bo‘lagidir. Talabalar odatda “ega”, “kesim”, “aniqlovchi”, “hol” kabi gap bo‘laklarini osinlik bilan tushunib olishadi, chunki bunday gap bo‘laklari deyarli har bir tilda mavjud. Lekin xitoy tilida mavjud bo‘lgan gap bo‘lagi 补语 (to‘liqlovchi) deyarli boshqa tilda uchramaganligi sababli, talabalar tomonidan juda qiyinchilik bilan o‘zlashtiriladi. 补语 To‘liqlovchi — sifat yoki fe’ldan keyin qo‘llanilib, kesimga qo‘shimcha ma’no beradi. To‘ldiruvchi ham fe’ldan keyin qo‘llanilsada, lekin to‘ldiruvchi va 补语 to‘liqluvchining farqi aniq: to‘ldiruvchi odatda harakatda ishtirok etayotgan yoki harakatga aloqador obyektni ifodalab keladi, shuning uchun ularning aksariyati otlashgan hisoblanadi; yuqorida aytib o‘tganimizdek, odatda 补语 to‘liqluvchi fe’l kesimlashgan bo‘lib, asosiysi harakatga aloqador kishi yoki narsa-hodisani to‘liqlab, qo‘shimcha ma’no berib keladi.

Kalit so'zlar: To‘liqlovch,natia to‘liqlovchi,yo‘nalish to‘liqlovchi,potensial, imkoniyat to‘liqlovchi,daraja to‘liqlovchi,见,住,着.

Jurnaldagi sahifalar: 317 - 324

Yuklab olish