04.03.2022
353
XALQARO MUNOSABATLARDA GENDER TENGLIGI TAMOYILINING HUQUQIY ASOSLARI

Muallif: Radjabova, Aziza Matlubovna

Annotatsiya: Gender masalalari xalqaro munosabatlar, jahon siyosatida qanchalik muhim ahamiyatga ega? Bugun dunyoning turli mintaqalarda kuzatilayotgan turli xarakterdagi voqea-hodisalar jahon siyosatida xotin-qizlarning nafaqat faol sub’yekt sifatida (boshqaruvda, tinchlikni ta’minlashda, iqtisodiy jarayonlarda), balki, ijtimoiy munosabatlarning muhim obyekti sifatida gavdalanishiga olib keldi. Shuningdek, kambag’allik, ichki nizolar, kasalliklar, iqtisodiy va siyosiy inqirozlar oqibatida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlami sifatida iqtisodiy, ijtimoiy hamda siyosiy munosabatlarning diqqat markazi xotin-qizlar masalasiga qaratilishi davr talabiga aylandi. Bunda gender tengligi masalalari mamlakatlar uchun ixtiyoriy-majburiy xarakterdagi majburiyat sifatida yaqqol namoyon bo’la boshladi. Xalqaro hamjamiyat bu borada yakdil siyosat yuritishi inson huquqlarining to’la qonli ta’minlanishi, gender paritetga rioya qilinishini kafolatlovchi xalqaro fundamental hujjatlar mavjudki, ularning ko’pchilikgi imperative xarakter kasb etadi. Muallif mazkur ilmiy maqolada gender fenomenining siyosiy kuchi huquqiy jihatdan asoslab berishga harakat qiladi.

Kalit so'zlar: BMT Nizomi, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi, CEDAW, gender tengsizligi.

Yuklab olish