20.02.2022
489
XALQARO INVESTITSIYA HUQUQIDA MILLIY REJIM VA ENG QULAY SHARTLAR REJIMI

Muallif: Ibrohimov, Azimjon Abdumo‘min O‘g‘li; Nechaeva, Elena Vladimirovna

Annotatsiya: Xalqaro investitsiya huquqi subyektlari faoliyatida barqarorlikni, halol va erkin raqobatni ta’minlash, proteksionizm hamda diskriminatsiyani oldini olishda xalqaro investitsiya huquqining mazkur ikki rejimi muhim rol o’ynaydi. Bunda Milliy rejimni joriy etishdan xorijiy va mahalliy investitsiyalar o’rtasida salbiy diskriminatsiyani, davlatlarning proteksionizm siyosatini oldini olish, xorijiy va mahalliy investitsiyalar uchun teng raqobat muhiti yaratish, xorijiy investorlar manfaatlarini himoya qilish kabi maqsadlar ko’zlangan bo’lsa, Eng qulay shartlar rejimi asosida qabul qiluvchi davlat shartnoma tarafi bo'lgan boshqa davlat investorlari yoki ularning investitsiyalariga muayyan sohada uchinchi davlat investorlari va ularning investitsiyalari uchun nazarda tutilganidan kam bo'lmagan qulay shartlar taqdim etish majburiyatini oladi. Ushbu rejim doirasida investorlar uchun teng raqobat muhitini yaratish, diskriminatsiyani oldini olish, investorlar huquqlarini kafolatlash maqsadlari qabul qiluvchi davlatning mahalliy investorlariga tadbiqan emas, balki xorijiy davlatlar investorlariga nisbatan amalga oshiriladi. Mazkur ish doirasida xalqaro investitsiya huquqining asosiy tamoyillaridan bo’lib hisoblangan Milliy rejim hamda eng qulay shartlari rejimi qiyosan tahlil etiladi, ular mazmun-mohiyatini belgilovchi qoidalar, keyslar va boshqa manbalar muhokama qilinadi.

Kalit so'zlar: Xalqaro investitsiya, milliy rejim, eng qulay shartlar rejimi, mahalliy investor, xorijiy investor, proteksionizm, diskriminatsiya, o’xshash holatlar, o’xshash mahsulotlar

Yuklab olish