08.12.2025
11
VYETNAM TILIDAGI “CAI” VA “CON” HISOB SOʻZLARINING METAFORIK XUSUSIYATLARI

Muallif: Qodirova Dilbarxon Mirzaxparovna

Annotatsiya: Ushbu maqola Vyetnam tilidagi eng ko‘p qo‘llaniladigan hisob so‘zlar – “cái” va “con” ning metaforik xususiyatlari va ularning pragmatik jihatlarini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda taqqoslama-tahliliy metod asosida bu hisob so‘zlarning an’anaviy grammatik tizimdagi vazifalari bilan bir qatorda, ularning metaforik kengayish jarayonlari va nutqiy kontekstdagi qo‘llanishlari chuqur yoritilgan. Asosiy e’tibor “cái” va “con” hisob so‘zlarining pragmatik ahamiyatiga, ya’ni so‘zlani kontekstidagi ma’no, maqsad va nutqiy vazifalariga qaratilgan. Maqolada ushbu birliklar orqali yuzaga keladigan konseptual metaforalar (mavhum tushunchani (m.: vaqt, muhabbat, moʻlyaklik) boshqa, aniqroq va tanishroq tushuncha (m.: pul, safar, jismoniy narsalar) orqali tushunish.) tahlil qilinadi: masalan, “cái” orqali jonsiz hodisaga insoniy xususiyatlar berilishi (cái lạnh – sovuq, cái buồn – g‘am), yoki “con” orqali tabiat hodisalari va obyektlarning tirik mavjudot sifatida jonlantirilishi (con sóng – to‘lqin, con gió – shamol). Shuningdek, “cái” va “con” ning nutqdagi emotsional-pragmatik vazifalari ham ochib berilgan: ular muhabbat, nafrat, hurmat, ironiyani ifodalashda, nutqqa yengillik yoki ifodalilik berishda, shuningdek madaniy va ijtimoiy dunyoqarashni aks ettirishda faol ishlatiladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, ushbu hisob so‘zlar faqatgina ob’ektlarni sanash yoki tasniflash vositasi emas, balki nutqqa nozik hissiyotlarni, madaniy qadriyatlarni va estetik tafakkurni kiritishda ham muhim lingvistik vosita sifatida xizmat qiladi. Bu hodisalarni tahlil qilish Vyetnam tilining semantik va grammatik tuzilishini yanada chuqurroq anglash, uning madaniy xususiyatlarini ochish hamda inson tafakkurining lingvistik ifodasini talqin etishda muhim qadamlardan biri hisoblanadi.

Kalit so'zlar: Vyetnam tili, hisob so‘zlari (classifiers), cái, con, metafora, konseptual metafora, pragmatika, lingvistik antropologiya, madaniy lingvistika, grammatik-semantik tizim, Thạch Lam, Gió đầu mùa.

Jurnaldagi sahifalar: 702 - 720

Yuklab olish