Muallif: Turdixo‘jayeva, Mahliyo Muqimxo‘ja qizi
Annotatsiya: Maqolada “Vodiynoma” jurnalida chop etilgan Farg‘ona vodiysi arxeologiyasiga oid ilmiy maqolalar tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida Farg‘ona vodiysida olib borilgan arxeologik izlanishlar, qadimiy madaniyat qatlamlari, dafn marosimlari, shaharsozlik jarayonlari va yodgorliklarni o‘rganish bo‘yicha ilmiy natijalar tahlil qilindi. Shuningdek, vodiyning antropogenetik taraqqiyoti, aholi madaniy aloqalari hamda arxeologik yodgorliklarni muhofaza qilish masalalari yoritilgan maqolalar o‘rganilib, ularning ilmiy yondashuvlari va tahliliy uslublari ko‘rsatib o‘tildi. Tadqiqot natijalari Farg‘ona vodiysi arxeologiyasining o‘rganilishida “Vodiynoma” jurnalining ilmiy maktab sifatidagi o‘rni va hissasini aniqlashga xizmat qiladi.
Kalit so'zlar: Farg‘ona vodiysi, “Vodiynoma” jurnali, arxeologik tadqiqotlar, qadimiy madaniyat, antropogenez, dafn marosimlari, shaharsozlik, yodgorliklarni muhofaza qilish, ilmiy yondashuv.
Jurnaldagi sahifalar: 192 - 197