Muallif: Turg‘unova, Mahliyo
Annotatsiya: ANNOTATSIYA She’riyatda badiiy ifoda usullari muayyan shakliy va mazmuniy san’atlarni hosil qiladi. Ular lirikaning adabiy-estetik xususiyatlarini oshirishda muhim o‘rin tutadi. Atoqli shoir Usmon Azim she’riyatida qo‘llangan she’riy shakllar ayrichaligi bilan ajralib turadi. Xususan, istiora san’ati o‘ziga xos uslubda namoyon bo‘ladi. Shoir ijodida istioralar she’riy asarlar tilining o‘ziga xosligini ta’minlashga xizmat qilgan. Istioralar shoirning hayotiy voqea-hodisalarga, insoniy munosabatlarga ijodiy yondashuviga bog‘liq holda hosil bo‘lgan. Istioralar poetik matnlarda obrazlilik hosil qiluvchi lingvopoetik vosita bo‘lib, ular Usmon Azimning badiiy-estetik tafakkuri hosilasi sifatida o‘ziga xos uslubini belgilab beradi. Ushbu maqolada Usmon Azimning badiiy obraz yaratish mahorati uning she’rlari misolida asoslab berilgan.
Kalit so'zlar: gul, chorbog‘, tulki, obraz, o‘xshatish, yulduz, sevimli yor, kuz, yor jamoli, ishq kuyi, ko‘ngil.
Jurnaldagi sahifalar: 376 - 386