Muallif: To‘xtashev, Sherzod O‘ngboy o‘g‘li
Annotatsiya: Mazkur maqolada XX asrning 70-yillari boshlarida boshlangan umumiy o‘rta majburiy ta’limga o‘tish jarayoni va uning Surxondaryo viloyati xalq ta’limi tizimi rivojiga ta’siri tarixiy nuqtai nazardan tahlil etilgan. Tadqiqotda 1972-yilgi SSSR Vazirlar Soveti va KPSS Markaziy Qo‘mitasining "Yoshlarning umumiy o‘rta ma’lumotga o‘tishini yakunlash va umumta’lim maktabini yanada rivojlantirish to‘g‘risida"gi qarori va uning amalga oshirilish jarayoni yoritilgan. Viloyatda 8 yillikdan 10 yillik majburiy ta’limga o‘tish, maktab tarmog‘ining kengayishi, pedagogik kadrlarning malaka darajasining yaxshilanishi, shuningdek, o‘quvchilarning paxta yig‘im-terimiga jalb etilishi natijasida yuzaga kelgan muammolar tahlil etilgan. Muallif xulosa o‘rnida ushbu davrdagi yutuq va kamchiliklarning viloyatning keyingi ta’lim rivoji uchun ahamiyatini baholaydi.
Kalit so'zlar: Surxondaryo viloyati, umumiy o‘rta majburiy ta’lim, 10 yillik maktab, 1972-yilgi qaror, xalq ta’limi, pedagogik kadrlar, paxta yig‘im-terimi, ta’lim sifati, qishloq maktablari, internat-maktablar, kasb-hunarga yo‘naltirish.
Jurnaldagi sahifalar: 296 - 305