15.02.2022
439
TURKCHADA “BARIŞ” SO‘ZI BILAN BOG‘LIQ DIPLOMATIK TERMINLARNING KOGNITIV TAHLILI

Muallif: Asadova, Dilbar

Annotatsiya: Hozirgi kunda til va tafakkur bir-biri bilan aloqador va ajralmas birlik sifatida o‘rganuvchi bilim sohasi tobora kengayib bormoqda. Bu kognitiv tilshunoslik deb ataluvchi tilshunoslikning bir sohasi bilan bog‘liqdir. O‘tgan asrning 70-yillarida tilshunoslikda paydo bo‘la boshlagan bu soha kunimizga kelib eng diqqat talab qiladigan sohaga aylanib bormoqda. Sababi sun’iy intelekt yaratishda bu juda ham muhim hisoblanadi. Biz ushbu maqolamizda esa turkcha diplomatik terminlari orasida yer olgan barış – tinchlik atamasini aynan ana shu kognitiv tarzda taqin qildik. Bunda atamalar o‘zlari anglatayotgan ma‘no va tushinchaga qanday erishishi mumkinligini kognitiv yo‘l bilan oydinlik kiritish asosiy maqsadimiz. Shuning uchun kognitiv lingvistikada lisoniy voqealaishlarning turlarini ko‘rsatib beruvchi ba’zi islohlardan samarali foydalanishga harakat qildik va ishimizda tahliliy metodlardan foydalanishga urindik. Shuningdek, atamalarni tahlil qilishda kognitivishtik yondashuvni qanday tarzda amalga oshirish mumkinligi haqida o‘z qarashlarimizni oldinga surib, bu yo‘lda bizgacha shakllangan bilimga oz bo‘lsa ham o‘z hissamizni qo‘shishini oliy maqsad deb bildik. Buning uchun maqolada barış atamasidan yo‘lga chiqib fikrlarimiz bayonida turli xil misollardan foydalandik.

Kalit so'zlar: Kognitiv tilshunoslik, diplomatik terminologiya, ssenariy, freym, skipt, geshtalt.

Yuklab olish