Muallif: Shukurxo‘jayeva, Roziyaxon Zaynobddin qizi
Annotatsiya: Ushbu maqolada turk tilshunosligida fitomorf frazeologizmlarning o‘rganilish tarixi yoritiladi. Fitomorf frazeologizmlar o‘simlik nomlari asosida shakllangan barqaror iboralar sifatida talqin etiladi. Maqolada ularning kelib chiqishi, semantik xususiyatlari va qo‘llanish doirasi tahlil qilinadi. Turk tilshunosligida bu birliklarni o‘rganish dastlab etnolingvistik tadqiqotlar bilan bog‘liq holda boshlanganligi ko‘rsatiladi. Keyingi bosqichlarda frazeologik tizim doirasida ularning o‘rni aniqlangan. Muallif turli davrlarda olib borilgan ilmiy izlanishlarni qiyosiy tahlil qiladi. Fitomorf frazeologizmlarning milliy madaniyat va dunyoqarashni aks ettirishdagi ahamiyati ochib beriladi. Shuningdek, ularning obrazlilik va ekspressivlik xususiyatlari alohida ta’kidlanadi. Maqolada turk va boshqa turkiy tillar materiallari asosida misollar keltiriladi. Tadqiqot natijalari frazeologiya va lingvokulturologiya sohalari uchun muhim ekanligi bilan ahamiyatlidir.
Kalit so'zlar: fitomorf, frazeologizm, turk, olimlar, lingvistika.
Jurnaldagi sahifalar: 165 - 172