17.11.2025
9
TURK TILIDA INSON OBRAZINI TASVIRLASHDA FITOMORF BIRLIKLARNING ROLI VA FUNKSIONAL IMKONIYATLARI

Muallif: Salimova, Zebo Rustam qizi

Annotatsiya: Ushbu maqolada turk tilida o‘simlik nomlariga asoslangan frazeologik birliklar — fitomorf frazeologizmlarning lingvokulturologik jihatdan tahlili yoritiladi. Tadqiqotda o‘simlik nomlarining xalq tafakkuridagi ramziy ahamiyati, milliy dunyoqarashni shakllantirishdagi o‘rni va madaniy konnotatsiyalari izohlanadi. Maqolada misollar orqali turk tilidagi fitomorf birliklarning semantik va konseptual xususiyatlari ochib berilgan. Tilda fitonimlarning badiiy tasvir uchun xizmat qilishi, ularning badiiy san’atlarni hosil qilishdagi ahamiyatini koʻrsatish, turk tili fitonimiyasini boyitish uchun xizmat qiladi. Meva va o‘simlik nomlari orqali inson qiyofasini aks ettirish, ularning xarakterlarini ochib berishda tilning so‘z boyligiga e’tibor qaratiladi. Maqolada fitonimlarning badiiy tasvir uchun xizmat qilishi, ularning badiiy san’atlarni hosil qilishdagi ahamiyati (meva, anor, gul, savsani, sumbul, sarv, noranji, binafsha, nargis, lola, shamshod, bugʻdoy, arpalar) oʻxshatish, tashbeh, tashhis kabi she’riy san’atlarni yaratishda muhim leksik vosita vazifasini bajarganligi koʻrsatilgan.

Kalit so'zlar: fitomorf birlik, lingvokulturologiya, frazeologizm, ramz, milliy tafakkur, turk tili.

Jurnaldagi sahifalar: 326 - 330

Yuklab olish