31.01.2024
193
TRANSPORT VOSITALARINING ATROF-MUHITGA TA’SIRI

Muallif: Yuldoshev, Dilmurod Tura o’g’li; Azizov, Abduxamid Abdurashidovich

Annotatsiya: Ushbu maqolada avtomobil transportining atrof-muhitga ta’siri, xususan, ichki yonuv dvigatellarida yoqilg’i to’liq yonmasligi natijasida chiqayotgan zararli gazlar, transport va yo’l qurilish mashinalari ishlab chiqarish zavodlari va shina ishlab chiqaruvchi korxonalardan ishlab chiqarish jarayonida ekologiyaga tarqalayotgan kimyoviy chiqindilar, hozirgi vaqtda yirik megapolisga aylanayotgan Toshkent shahrida avtomobillar soni ortishi natijasida yuqori shovqin va tirbandlik hosil bo’lishi, qish faslida avtomobil yo’llarida muzlashga qarshi qo’llaniladigan tuz, qum, kanserogen va boshqa turdagi kimyoviy moddalarni qo’llash, avtomobil gaz ballonlarini belgilangan vaqtda sinovdan o’tkazmaslik natijasida inson salomatligiga xavf tug’dirish masalalari tahlil qilingan. Ekologik jihatdan toza bo’lgan elektromobillarni ishlab chiqarishni kengaytirish keng yoritib ko’rsatilgan. Atrof-muhitga zararsiz bo’lgan vodorod yoqilg’isida harakatlanadigan avtomobillar ishlab chiqarish texnologiyasini O’zbekiston Respublikasiga olib kelish va xorijiy kompaniyalar bilan ishlab chiqarishni chet eldan investitsiya kiritgan holda yo’lga qo’yishni tashkillashtirish bo’yicha bir qancha takliflar keltirib o’tilgan.

Kalit so'zlar: avtomobil transporti, ichki yonuv dvigateli, elektromobil, kanserogen, megapolis, ekologiya, atmosfera, Yevro-4, substratlar, ozon qatlami, sivilizatsiya, aglomeratsiya, asfaltbeton zavodi, shtangen instrumentlar, AI - 80.

Jurnaldagi sahifalar: 485 - 491

Yuklab olish