10.07.2026
86
ТРАНСФОРМАЦИЯ «СТРАТЕГИЧЕСКИХ ТРЕУГОЛЬНИКОВ» В УСЛОВИЯХ ФОРМИРОВАНИЯ ПОЛИЦЕНТРИЧНОЙ АРХИТЕКТУРЫ МЕЖДУНАРОДНЫХ ОТНОШЕНИЙ: НОВЫЕ АНАЛИТИЧЕСКИЕ МОДЕЛИ

Muallif: Касимов, Муталиб

Annotatsiya: Maqolada ko‘p qutbli dunyo shakllanishi sharoitida davlatlararo «strategik uchburchaklar» transformatsiyasining nazariy-metodologik asoslari tadqiq etilgan. An’anaviy xalqaro munosabatlar nazariyalarining chiziqli yondashuvlari tahlil qilinib, ularning gibrid xavfsizlik va chuqur iqtisodiy o‘zaro bog‘liqlik sharoitidagi cheklovlari ko‘rsatib o‘tilgan. Tizimli-tarmoqli yondashuv, konstruktivizm, shuningdek, o‘zbek siyosatshunoslik maktabining «mintaqaviy ko‘p vektorli trilateralizatsiya» konsepsiyasini o‘z ichiga olgan zamonaviy tahliliy modellar tizimlashtirilgan. Markaziy Osiyo makonidagi geosiyosiy triadalar dinamikasi konseptuallashtirilgan bo‘lib, unda O‘zbekiston Respublikasining global (RF–XXR–AQSh) va funktsional transport-logistika (O‘zbekiston–Afg‘oniston–Pokiston) uchburchaklaridagi muvozanatlashtiruvchi roli va faol sub’ekt sifatidagi maqomi alohida yoritilgan. Tadqiqot yakunida O‘zbekiston tashqi siyosati uchun amaliy tavsiyalar shakllantirilgan.

Kalit so'zlar: strategik uchburchaklar, ko‘p qutbli dunyo, Markaziy Osiyo, O‘zbekiston tashqi siyosati, trilateralizatsiya, gibrid geosiyosat, Transafg‘on yo‘lagi

Jurnaldagi sahifalar: 693 - 701

Yuklab olish