04.02.2022
373
TOVARNING KAFOLAT MUDDATINI ANIQLASH VA HISOBLASH MASALALARI

Muallif: To‘rayev, Zaxriddin

Annotatsiya: Vaqt fuqarolik huquqlarini amalga oshirish va majburiyatlarni bajarishda o‘ziga xos o‘ringa ega. Shaxslarga tegishli bo‘lgan sub’ektiv fuqarolik huquqlarini amalga oshirish har doim ham ma’lum vaqt bilan belgilanmasa-da, lekin ko‘pchilik holatlarda bu jarayon qonun yoki shartnomada o‘rnatiladigan ma’lum davrda amal qiladi. Fuqarolik huquqlarini amalga oshirish muddatlari deganda, sub’ektiv fuqarolik huquqi sohibining sub’ektiv huquqda ifodalangan imkoniyatlarni amalga oshirish imkoniyatlarini amalga oshirish davrini ifodalaydigan muddatlar tushuniladi. Ana shu muddat davomida huquq sohibi sub’ektiv huquq asosida o‘zida mavjud bo‘lgan imkoniyatlarni amalga oshirishi mumkin. Sub’ektiv huquqlarni tegishli muddat davomida amalga oshirmaslik muddatning o‘tishi bilan bu huquqning yo‘qotilishiga olib keladi. Kafolat muddatlari ham fuqarolik huquqlarini amalga oshirish muddatlari sifatida shaxsning o‘z huquqlarini himoya qilish muhim ahamiyat kasb etadi.

Kalit so'zlar: tovar, fuqarolik huquqi, kafolat, muddat, da’vo, iste’molchi, ishlab chiqaruvchi, sotuvchi, ijrochi.

Yuklab olish