20.05.2026
14
TINGLAB TUSHUNISHNI RIVOJLANTIRISHDA AMALIY MASHQ VA TOPSHIRIQLAR TIZIMINING NAZARIY ASOSLARI

Muallif: Akbarova, Shaxnoza Xikmatullayevna

Annotatsiya: Mazkur maqolada tinglab tushunishni rivojlantirishda amaliy mashq va topshiriqlar tizimining nazariy asoslari yoritilgan. Tadqiqotda tinglab tushunishni o‘qitishda izchillik va bosqichmalik, kommunikativ yo‘naltirilganlik, onglilik va faollik, individuallashtirish hamda integratsiyalashganlik tamoyillarining ahamiyati tahlil qilingan. Shuningdek, xorijiy va mahalliy olimlarning ilmiy qarashlari asosida tinglab tushunishni samarali rivojlantirishga xizmat qiluvchi metodik yondashuvlar tavsiflangan. Maqolada tinglab tushunishni boshqa nutq faoliyati turlari bilan integratsiyalashgan holda o‘qitish talabalarning kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirishda muhim omil ekanligi asoslab berilgan.

Kalit so'zlar: tinglab tushunish, amaliy mashqlar, topshiriqlar tizimi, kommunikativ yondashuv, metodik tamoyillar, integratsiyalashgan ta’lim, metakognitiv strategiyalar, bosqichma-bosqich o‘qitish.

Jurnaldagi sahifalar: 466 - 469

Yuklab olish