15.06.2025
3
TIJORAT BANKLARIDA XALQARO PUL O‘TKAZMALARI VA ULARNING HISOBI

Muallif: Primova, Dilafruz To’lqinovna

Annotatsiya: Mazkur maqolada tijorat banklarida xalqaro pul o‘tkazmalari va ularning buxgalteriya hisobini yuritish masalalari yoritilgan. Hozirgi kunda globallashuv jarayonlari, migratsiya oqimlari, xalqaro savdo va investitsiyalar hajmining ortib borayotgani fonida tijorat banklarining xalqaro pul o‘tkazmalarini samarali amalga oshirishi muhim masalaga aylangan. Ushbu jarayonlar nafaqat iqtisodiy faoliyatni qo‘llab-quvvatlaydi, balki fuqarolarning moliyaviy aloqalarini ham kengaytiradi. Maqolada xalqaro pul o‘tkazmalarining turlari, ularni amalga oshirish mexanizmlari, ularning hisobda aks ettirilishi, hujjatlashtirish tartiblari va ularning hisob siyosatidagi o‘rni batafsil tahlil qilingan. Shuningdek, xalqaro pul o‘tkazmalarining moliyaviy xavflari, komplayens talablari, pul yuvishga qarshi kurashish choralari, mijozni aniqlash va verifikatsiya qilish mexanizmlari, valuta konversiyasi va banklarning bu operatsiyalar uchun undiriladigan komissiya to‘lovlari muhokama qilingan.

Kalit so'zlar: Tijorat banklari, xalqaro pul o‘tkazmalari, moliyaviy hisobot, audit, bank operatsiyalari, audit standartlari, moliyaviy nazorat, pul o‘tkazmalari tizimi, xavfsizlik, tranzaksiya, avtomatlashtirish, bank infratuzilmasi, banklararo tizim, global moliya, audit samaradorligi, pul oqimlari, bank xavfsizligi, bank ishi.

Jurnaldagi sahifalar: 542 - 552

Yuklab olish