25.11.2025
48
TERMINOLOGIYA NAZARIYASI VA UNING ASOSIY PRINSIPLARI

Muallif: Xashimova, Xurshida Djuraxanovna

Annotatsiya: Maqolada terminologiya nazariyasi va uning asosiy prinsiplarining konseptual asoslari, shuningdek, ularning o‘zbek texnik terminologiyasiga tatbiq etish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqot maqsadi – turli nazariy maktablarda ilgari surilgan terminologik yondashuvlarni umumlashtirish, termin tanlash va standartlashtirish prinsiplari modelini ishlab chiqish hamda ularni milliy texnik terminologiyada qo‘llash yo‘llarini ko‘rsatishdan iborat. Metod sifatida tarixiy-komparativ, nazariy-sintetik va empirik tahlil usullari qo‘llandi. Natijada aniqlik, tizimlilik, kontekstdan mustaqillik, funksional moslik, qisqalik, milliy-xalqaro moslik hamda kontseptual harmonizatsiyaga asoslangan terminologik prinsiplar modeli ishlab chiqildi. Mazkur yondashuv O‘zbekistonda yagona terminologik baza yaratish va milliy terminologiya siyosatini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Kalit so'zlar: terminologiya, prinsiplar, univokalitet, tizimlilik, standartlashtirish, texnik terminologiya, harmonizatsiya.

Jurnaldagi sahifalar: 572 - 580

Yuklab olish