28.11.2023
124
TERGOVCHINING MUSTAQILLIGINI TA’MINLASHDA PROKUROR VA SUD NAZORATINING TA’SIRI

Muallif: Elmurzayev, Biloliddin Nurmon o‘g‘li

Annotatsiya: Mazkur maqolada jinoyat ishini yuritishga mas’ul bo‘lgan shaxs sifatida tergovchining huquqiy maqomi, protsessual vakolatlari, huquqlari va majburiyatlari tahlil qilingan. Bu orqali tergovchining faoliyatini tartibga soluvchi jinoyat-protsessual qonunchiligi o‘rganilgan, undagi kamchilik hamda bahsli normalar haqida so‘z yuritilgan. Shuningdek, tergovchining mustaqilligi kafolatlari, uni ta’minlashda yuzaga kelayotgan amaliy muammolar, ularni bartaraf etish chora-tadbirlari tahlil qilingan. Maqolada tergovchi faoliyatini amalga oshirishda nazorat organlarining ta’siri, xususan idoraviy nazoratning ahamiyati, zarurati, dastlabki tergovga mas’ul shaxs bo‘lgan prokurorning tergovchi bilan o‘zaro munosabati, prokuror nazorati hamda sud nazoratining tergovchi mustaqilligini ta’minlashdagi o‘rni ilmiy nazariy jihatdan tahlil qilingan. Maqolada yuqorida nazarda tutilgan masalalar bo‘yicha bu borada ilmiy tadqiqotlar o‘tkazgan protsessualist olimlarning tasdiqlovchi yoki rad etuvchi fikrlari asosida ilmiy munozara o‘tkazilgan, tergov faoliyati bilan shug‘ullanuvchi mas’ul shaxslarning tavsiyalari asosida mavjud amaliy muammolar o‘rganilgan va sud-tergov amaliyotining tegishli materiallari o‘rganib chiqilgan. Maqola yakunida tergovchining mustaqilligini ta’minlashda prokuror va sud nazoratining ta’sirini optimallashtirish yuzasidan bir qancha taklif va tavsiyalar berilgan bo‘lib, ular o‘rganilayotgan mavzuning bugungi kundagi ahamiyatini oshirishga xizmat qiladi.

Kalit so'zlar: tergovchi, sud nazorati, prokuror nazorati, tergovchining mustaqilligi, dastlabki tergov, tergovchining vakolatlari

Jurnaldagi sahifalar: 526 - 538

Yuklab olish