16.05.2023
235
TEMIR YO‘L TORTUV HARAKAT TARKIBINING YUK KO‘TARUVCHI KONSTRUKSIYALARINING QOLDIQ RESURSLARINI BAHOLASH BO‘YICHA MAVJUD USUL VA YONDASHUVLAR TAHLILI

Muallif: Xolboyev, Mardonbek Baxrombek o‘g‘li; Xamidov, Otabek Rustamovich

Annotatsiya: Maqolada tortuv harakat tarkibining yuk ko‘taruvchi konstruksiyasi elementlarining qoldiq manbasini baholash uchun mavjud usullar va yondashuvlar tahlili keltirib o‘tilgan. Ushbu ishda tortuv harakat tarkibini ishlatish paytida ishonchlilik ko‘rsatkichlari va ishonchliligini baholash usullarini taqdim etilgan. Texnik ob’ektlarining ishonchliligini tavsiflovchi xususiyatlar tahlili taqdim etilgan. Harakatga ta’sir etuvchi kuchlarning ishonchliligini tasdiqlash uchun algebraik formulalar ko‘rsatilgan.

Kalit so'zlar: qoldiq resurs, ishonchlilik, yuk ko‘tarish qobiliyati, statistik yuklanish, kvazistatik yuklanish, dinamik yuklanish, o‘zgaruvchilar, ko‘p va past tsikl yuklanishlar, Veybull tenglamasi, Mazing printsipi.

Jurnaldagi sahifalar: 73 - 81

Yuklab olish