Muallif: Jo‘rayev, Abbos Komilovich; Astanov, Eldor Habibjonovich
Annotatsiya: Ushbu maqolada temir yo‘l ko‘tarish-tushirish mashinalarini ta’mirlash jarayonini samarali tashkil etish masalalari yoritilgan. Ko‘tarish-tushirish uskunalarining texnik holatini baholash, nosozlik sabablarini aniqlash hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha zamonaviy metodlar ko‘rib chiqilgan. Ta’mirlash jarayonining bosqichlari – diagnostika, demontaj, defektatsiya, detallarni qayta tiklash, yig‘ish va sinovdan o‘tkazish izchil tahlil qilingan. Shuningdek, texnologik jarayonlarni modernizatsiya qilish, xavfsizlik va ekologik talablarni hisobga olish orqali mashinalarning ishonchliligini oshirish hamda xizmat muddatini uzaytirish yo‘llari ko‘rsatib o‘tilgan.
Kalit so'zlar: Temir yo‘l texnikasi, ko‘tarish-tushirish mashinalari, kapital ta’mirlash, ta’mirlashni tashkil etish, diagnostika, texnologik jarayon.
Jurnaldagi sahifalar: 30 - 38