02.03.2022
553
TASAVVUF FALSAFASI VA ADABIYOTINING GLOBAL AHAMIYATI

Muallif: Xolmo‘minov, Ja’far; Rahmonberdiyev, Islombek

Annotatsiya: Ushbu maqolada Islom dini tarkibida shakllanib, uning Islom, Iymon va Ehson kabi qismlaridan uchinchi qismiga taalluqli bo‘lgan va Musulmon Sharqida salkam 1300 yildan buyon tarixiy taraqqiyot bosqichlarini bosib o‘tib, mukammal bir diniy-falsafiy ta’limot sifatida shakllangan Tasavvuf va uning bugungi davrdagi ahamiyati haqida fikr yuritiladi. Mualliflarning fikricha, ruhiy inqiroz va tanazzullarga uchragan bugungi davr insoni uchun Tasavvufning hayotbaxsh g‘oyalari inson ruhiyatini mu’tadillashtirishga, uni kelajakka bo‘lgan ishonchini oshirishga xizmat qiladi. Shu nuqtai nazardan, uni falsafiy jihatdan jiddiyroq o‘rganish va ruhiy tarbiya usullaridan biri sifatida qo‘llash yaxshi natijalar berishi mumkin, degan xulosaga kelishadi.

Kalit so'zlar: Islom, islom dunyosi, din, Islom dini, shariat, tasavvuf, tasavvuf falsafasi, tasavvuf ta’limoti, tasavvuf ilmi, global, globallashuv, g‘oya, modernizm, Sharq, G‘arb, ta’sir, ruhiy-ma’naviy tarbiya, ruhiy salomatlik, pozitivizm, taraqqiyot, kamolot.

Yuklab olish