18.11.2025
10
“TARIXI FARG‘ONA” ASARIDA ARAB TILIDAN O‘ZLASHGAN SO‘ZLARNING LЕKSIK-SЕMANTIK XUSUSIYATLARI

Muallif: Azizov, Murodjon

Annotatsiya: Ushbu maqolada Ishoqxon to‘ra Ibratning XIX–XX asrlar chorrahasida yozilgan “Tarixi Farg‘ona” asarida arab tilidan kirgan so‘zlarning leksik-semantik xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, arabcha o‘zlashmalar asosan islom madaniyati, ma’naviy-ma’rifiy hayot, ta’lim va davlat boshqaruvi bilan bog‘liq. Ilm (bilim), hikmat (donolik), ma’rifat (ma’naviy yuksalish), madrasah (ta’lim muassasasi), masjid (ibodat maskani) kabi so‘zlar xalqning diniy va intellektual hayotini ifodalagan. Shu bilan birga, bu so‘zlar o‘zbek tilida kengaytirilgan ma’no qirralariga ega bo‘lib, asosiy va ko‘chma ma’nolarda qo‘llanilgan. Asarda arabcha o‘zlashmalar orqali adolat, axloqiylik va ilmning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni yoritilgan. Shunday qilib, “Tarixi Farg‘ona” asari arabcha unsurlar vositasida o‘zbek tili lug‘at boyligini yanada kengaytirgan hamda tarixiy va tilshunoslik nuqtayi nazaridan qimmatli manba sifatida e’tirof etiladi.

Kalit so'zlar: Tarixi Farg‘ona, arabcha o‘zlashmalar, leksik-semantik xususiyatlar, Is’hoqxon to‘ra Ibrat, o‘zbek tili tarixi, islom terminologiyasi.

Jurnaldagi sahifalar: 387 - 393

Yuklab olish