Muallif: Hafizov, Abror Alisher o‘g‘li
Annotatsiya: Ta’lim jarayoni samaradorligini belgilovchi eng muhim ko‘rsatkichlardan biri bu talabalarning o‘quv faolligi hisoblanadi. O‘quv faolligi deganda nafaqat talabaning dars mashg‘ulotlarida jismoniy ishtiroki, balki uning bilim olish jarayoniga faol, mustaqil, ongli, ijodiy va mas’uliyat bilan yondashuvi, o‘rganilayotgan mavzuni chuqur anglash hamda o‘zlashtirilgan bilimlarni turli o‘quv va hayotiy vaziyatlarda qo‘llashga intilishi tushuniladi [Зимняя, 2010]. Shu ma’noda, o‘quv faolligi ta’lim mazmunining o‘zlashtirilish darajasini belgilovchi asosiy pedagogik mezonlardan biri sifatida qaraladi.
Kalit so'zlar: o‘quv faolligi, metodik asoslar, kognitiv faollik, motivatsion tayyorgarlik, metakognitiv boshqaruv, talaba markazli ta’lim, muammoli ta’lim.
Jurnaldagi sahifalar: 383 - 387