25.06.2026
52
SUV OQIMINING KINEMATIK TUZILMASINI TADQIQ ETISHNING TAKOMILLASHGAN USULLARINI ISHLAB CHIQISH (QASHQADARYO VILOYATI, QARSHI MAGISTRAL KANALI MISOLIDA)

Muallif: Rahimov, Ashraf Rasul o‘g‘li; Murodullayev, Javoxir Raxmatillo o‘g‘li

Annotatsiya: Maqolada ochiq o‘zanlarda suv oqimining kinematik tuzilmasini - tezlikning fazoviy taqsimoti, ikkilamchi (aylanma) oqimlar va turbulent pulsatsiyalarni - o‘rganishning takomillashgan usuli taklif etilgan. Usul yuqori aniqlikdagi instrumental o‘lchovlar (akustik Doppler oqim profillagichi - ADCP) ni ikki va uch o‘lchovli sonli gidrodinamik modellashtirish bilan birlashtirishga, shuningdek mahalliy sharoit (yuqori loyqalik) uchun tuzatish koeffitsientlarini kiritishga asoslangan. Usulning amaliy qo‘llanilishi Qarshi magistral kanalining burilish uchastkasi misolida ko‘rsatilgan; tezlik epyuralari, qirg‘oq yemirilishi va cho‘kindi cho‘kishi o‘rtasidagi bog‘liqlik tahlil qilingan. Taklif etilgan yondashuv an’anaviy nuqtaviy o‘lchovlarga nisbatan o‘zan jarayonlarini bashoratlash aniqligini oshirish imkonini beradi.

Kalit so'zlar: suv oqimi, kinematik tuzilma, tezlik maydoni, ikkilamchi oqim, turbulentlik, o‘zan deformatsiyasi, cho‘kindi oqizindi, magistral kanal, ADCP, sonli modellashtirish.

Jurnaldagi sahifalar: 513 - 518

Yuklab olish