05.06.2026
41
SURXON-SHEROBOD VOHASIDA XO‘JALIK FAOLIYATI BILAN BOG‘LIQ TAQVIMIY URF-ODAT VA MAROSIMLAR

Muallif: Xaydarov, Odil Ergashevich

Annotatsiya: Mazkur maqolada Surxon-Sherobod vohasi aholisining xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq taqvimiy urf-odat va marosimlari etnografik jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda voha aholisining dehqonchilik, chorvachilik va boshqa an’anaviy xo‘jalik tarmoqlari bilan bog‘liq mavsumiy marosimlari, ularning shakllanish omillari hamda xalq taqvimi bilan uzviy aloqadorligi yoritilgan. Shuningdek, ekin ekish, hosil yig‘ishtirish, xirmon ko‘tarish, yomg‘ir chaqirish va chorvachilik bilan bog‘liq marosimlarning mahalliy xususiyatlari hamda ularning ijtimoiy-madaniy hayotdagi o‘rni ochib berilgan. Tadqiqot davomida dala-etnografik materiallar, tarixiy-etnografik manbalar va ilmiy adabiyotlardan foydalanilgan. Maqolada xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq taqvimiy urf-odat va marosimlarning voha aholisining madaniy merosini saqlash, avlodlararo an’analar uzviyligini ta’minlash hamda etnomadaniy identitetni mustahkamlashdagi ahamiyati asoslab beriladi.

Kalit so'zlar: Surxon-Sherobod vohasi, taqvimiy urf-odatlar, marosimlar, etnografiya, dehqonchilik, chorvachilik, xalq taqvimi, etnomadaniyat, an’anaviy xo‘jalik, madaniy meros.

Jurnaldagi sahifalar: 67 - 78

Yuklab olish