Muallif: Narbayeva, Dilovar Mamatmuratovna
Annotatsiya: Ushbu maqola Surxondaryo mintaqasining an’anaviy napramach (mapramach) hunarmandchiligini etnografik meros sifatida ilmiy tahlil qiladi. Tadqiqotda napramachning kelib chiqishi, etimologik asoslari va tarixiy rivojlanish bosqichlari, shuningdek, uning mintaqaning tabiiy-geografik, iqtisodiy va ijtimoiy-madaniy sharoitlari bilan bog‘liqligi o‘rganiladi. Napramach ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchi aholi turmushida sandiq vazifasini bajargan to‘qimachilik buyumi bo‘lib, uning tayyorlash texnologiyasi, junni qayta ishlash va tabiiy bo‘yoqlardan foydalanish usullari tahlil etiladi. Mapramachning dekorativ bezak tizimi ramziy semiotik tahlil asosida talqin etiladi: rombsimon, zigzagsimon va chiziqli ornamentlarning kosmologik, apotropeik hamda agrar-xo‘jalik bilan bog‘liq ma’nolari ochib beriladi. Napramachning to‘y marosimlari, oilaviy meros va ijtimoiy tabaqalanishdagi o‘rni alohida yoritiladi. Tadqiqot 2022–2024-yillarda Surxondaryo viloyatining Sherobod, Denov, Boysun va Muzrobod tumanlarida olib borilgan dala-etnografik kuzatuvlar, respondentlar bilan o‘tkazilgan suhbatlar, muzey eksponatlari tahlili hamda tarixiy-qiyosiy metod asosida amalga oshirilgan. Ishning ilmiy yangiligi Surxondaryo vohasidagi napramachchilik an’anasini nomoddiy madaniy meros kontekstida tizimli ravishda o‘rganishdan iborat. Natijalar napramachni zamonaviy dizayn, turizm va madaniy industriya sohasida qayta jonlantirish istiqbollarini asoslaydi.
Kalit so'zlar: napramach, mapramach, Surxondaryo hunarmandchiligi, etnografik meros, dekorativ san’at, ramziy ornamentlar, an’anaviy to‘qimachilik, nomoddiy madaniy meros, chorvachilik madaniyati, xalq amaliy san’ati.
Jurnaldagi sahifalar: 29 - 38