Muallif: Murodullayev, Doston Muzaffar oʻgʻli
Annotatsiya: Ushbu maqolada sun’iy neyron tarmoqlarning boshqaruv tizimlarida qo‘llanilish istiqbollari, ularning nazariy asoslari hamda amaliy imkoniyatlari tahlil qilinadi. Sun’iy neyron tarmoqlar yordamida murakkab boshqaruv jarayonlarini optimallashtirish, ma’lumotlarni qayta ishlash aniqligini oshirish, qaror qabul qilishni avtomatlashtirish va real vaqt rejimida boshqaruv samaradorligini ta’minlash masalalari yoritilgan. Shuningdek, sanoat, transport, energetika, tibbiyot va robototexnika sohalarida sun’iy neyron tarmoqlarning qo‘llanilishi, ularning afzalliklari, mavjud muammolari hamda kelgusidagi rivojlanish istiqbollari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijalari sun’iy intellekt texnologiyalarining zamonaviy boshqaruv tizimlarini takomillashtirish va raqamli transformatsiya jarayonlarini jadallashtirishdagi muhim o‘rnini ko‘rsatadi.
Kalit so'zlar: Sun’iy neyron tarmoqlar, sun’iy intellekt, boshqaruv tizimlari, avtomatlashtirish, mashinaviy o‘rganish, chuqur o‘rganish (Deep Learning), optimallashtirish, qaror qabul qilish, raqamli transformatsiya, sanoat avtomatizatsiyasi, robototexnika, real vaqt boshqaruvi, prognozlash, intellektual boshqaruv.
Jurnaldagi sahifalar: 542 - 547