Muallif: Narkulova, Shaxnoza Xakimovna
Annotatsiya: Ushbu maqolada sun’iy intellektning falsafiy tahlili, uning shakllanish bosqichlari va inson tafakkuri bilan o‘zaro munosabati yoritiladi. Tadqiqotda sun’iy intellektning dastlab mexanik va hisoblash jarayonlari bilan bog‘liq holda shakllangani, keyinchalik esa bilish, anglash, qaror qabul qilish va o‘zlikni tushunish kabi murakkab masalalar bilan tutashgani ko‘rsatib beriladi. Shuningdek, sun’iy intellektning kuchsiz va kuchli shakllari o‘rtasidagi nazariy farqlar, fikrlashning algoritmik tabiati, inson ongining o‘ziga xos jihatlari, xususan sezgi, qualia, introspeksiya va mohiyatni anglash muammolari tahlil qilinadi.
Kalit so'zlar: Sun’iy intellekt, tarmoq, kompyuter tizimlari, mantiqiy operatorlar, introspeksiya, kuchli(umumiy) va kuchsiz(tor) sun’iy intellekt.
Jurnaldagi sahifalar: 201 - 208