21.12.2025
52
SULFAT KISLOTALI CHIQINDI ERITMALARNI KOMPLEKS QAYTA ISHLASH ORQALI KUMUSH VA NIKELNI AJRATIB OLISH TEXNOLOGIYASINI TADQIQ ETISH

Muallif: Polvanov, Sardor Komilovich; Xamidov, Rustam Abdugafurovich; Ikromidinova, O‘g‘iloy O‘ktam qizi;

Annotatsiya: Maqolada sorbsiya va regeneratsiya jarayonlari natijasida hosil bo‘ladigan sulfat kislotali chiqindi eritmalarni qayta ishlash asosida kumush va nikelni ajratib olish texnologiyasi tadqiq etilgan. Tadqiqot obyekti sifatida qimmatbaho va rangli metallar bilan to‘yingan anionitni kislotali ishlov berish jarayonida hosil bo‘ladigan eritmalar tanlangan. Kumushni ajratib olish uchun sementlash usuli qo‘llanilib, rux changi, temir va alyuminiy cho‘ktiruvchi reagentlar sifatida solishtirib o‘rganilgan. Tajriba natijalariga ko‘ra, rux changi eng yuqori samaradorlikni ko‘rsatib, kumushni ajratib olish darajasi 90 % dan ortiqni tashkil etgan. Kumush ajratib olingandan so‘ng qolgan eritmalardan nikelni ajratib olish imkoniyati turli cho‘ktiruvchi reagentlar yordamida baholanib, natriy gidroksid texnologik va iqtisodiy jihatdan maqbul reagent sifatida tanlangan. Olingan natijalar sulfat kislotali chiqindi eritmalarni kompleks qayta ishlash va qimmatbaho hamda rangli metallarni qo‘shimcha manba sifatida olish imkoniyatini asoslaydi.

Kalit so'zlar: kumush, nikel, chiqindi eritmalar, sementlash, rux changi, sulfat kislota, cho‘ktirish, regeneratsiya, qimmatbaho metallar, gidroksidlar

Jurnaldagi sahifalar: 264 - 277

Yuklab olish