02.04.2022
714
SUDLOVGA TEGISHLILIK TUSHUNCHASI VA UNING HUQUQIY MOHIYATI

Muallif: Maxmadiyarova, Xumora O‘ktamovna

Annotatsiya: Ushbu maqolada muallif tomonidan jinoyat ishlarining sudlovga tegishliligi, xususan sudlovga tegishlilik tushunchasi va uning ahamiyati ochib berishga harakat qilingan. Shuningdek, muallif jinoyat ishlarining sudlovga tegishliligi deganda jinoyat protsessual qonuni bilan jinoyat ishini u yoki bu sudda mazmunan ko‘rilishini belgilovchi yuridik xususiyat tushunilishini, bu xususiyatga ko‘ra jinoyat ishini qaysi sudga tegishli ekanligi va yagona sud tizimi ichida sudlar o‘rtasidagi vakolatlar belgilanishini qayd etgan. Uning ta’kidlashicha sudlovga tegishlilik ikki xil ma’noda tushuniladi. sudlovga tegishlilik, birinchidan, ayrim jinoyat ishlarining ko‘rilishi va hal qilinishi sud organlariga taalluqli (tegishli) bo‘lishligini anglatadi; ikkinchidan, sudlovga tegishlilik yagona sud tizimiga kiradigan umumiy yurisdiksiya sudlarining qaysi biri muayyan jinoyat ishini ko‘rish va hal qilishga huquqli bo‘lishini bildiradi. Binobarin, sud organlarining vakolatiga kiradigan jinoyat ishlarini o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari maqolada jinoiy odil sudlovga tegishlilik qoidalariga rioya qilmaslikning huquqiy oqibatlari qonunchilikda belgilanmaganligini qayd etadi.

Kalit so'zlar: jinoiy odil sudlov, sudlovga tegishlilik, turdosh yoki predmetli tegishlilik, jinoyatchi shaxsiga ko‘ra tegishlilik, hududiylikka ko‘ra tegishlilik, mustasno tegishlilik, davomli va uzoqqa cho‘zilgan jinoyat.

Yuklab olish