Muallif: Azimov, Habibulloxon Yoqubovich
Annotatsiya: Ushbu maqolada Sudan mustaqillikka erishganidan buyon davom etib kelayotgan siyosiy beqarorlik va xavfsizlik inqirozining asosiy omillari tizimli tahlil qilinadi. Tadqiqot diniy etnik ziddiyatlarning tarixiy shakllanishi, ularning siyosiy jarayonlar bilan uzviy bog‘liqligi hamda davlat boshqaruvi va ijtimoiy barqarorlikka ko‘rsatgan ta’sirini ilmiy asosda yoritadi. Shuningdek, mamlakatning geostrategik pozitsiyasi va tabiiy resurslari ayniqsa neft va oltin konlari ichki raqobat hamda tashqi geosiyosiy manfaatlar bilan qanday uyg‘unlashib, inqiroz dinamikasini chuqurlashtirayotgani ochib beriladi. Darfur muammosining kelib chiqishi va rivojlanishida mintaqaviy hamda global kuchlar raqobatining roli alohida tahlil qilinadi.
Kalit so'zlar: Sudan, siyosiy beqarorlik, xavfsizlik inqirozi, diniy etnik ziddiyatlar, geosiyosat, tabiiy resurslar, Darfur mojarosi, Janjavidlar, tashqi kuchlar, ichki raqobat, geostrategik joylashuv, “Islomning ikkinchi xabari”, etnik ziddiyatlarning siyosiylashuvi, Rapid Support Forces-RSF.
Jurnaldagi sahifalar: 206 - 216